Events and announcements
Attend our events and reach new heights with us.
Akademik nashr bilan bog'liq muammolar
Akademik nashrlar bilan bog'liq keng tarqalgan muammolarni yengib o'tishdasizga qanday yordam bera olishimiz mumkin? Ana shu mavzuga bag'ishlangan muhokama guruhida ishtirok eting. Tadbir o'zbek va ingliz tillarida o'tkaziladi. 18-may, 2026-yil
- Tadqiqot savolini tanlash va uni moslashtirishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?
- Mavzuingiz bo'yicha tegishli xalqaro tadqiqotlarni topish va ko'rib chiqish tajribangiz qanday?
- Maqolalar yozishda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
Introduction to publishing in international peer-reviewed journals
Ushbu mustaqil ta'lim kursida qatnashing. Kurs ingliz tilida. Uni istalgan vaqtda va istalgan masofadan turib o'rganish mumkin.
Ekspertlar sharhiga javob berish.
"AQSHda yangi hayot" kursiga marhamat
Kurs muallifi: Dr. Umida Hikmatilla
Ushbu kursning maqsadi sizga yangi muhitda ishonchli, barqaror va muvaffaqiyatli hayot qurishda amaliy yo‘l-yo‘riq ko'rsatishdir.Kurs davomida siz mahalliy manbalar bilan tanishish yo'llarini o'rganasiz va 4 bosqichdan iborat o'z yo'l xaritangizni tuzishni o'rganasiz. Ushbu xarita sizning yangi hayotingiz uchun kiritgan eng foydali sarmoyangiz bo'ladi.
Diplomat Universitetida taqdimot
Taʼlimda innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellekt: moslashuvchanlik, qulaylik va teng imkoniyatlar
2-aprel, 2026-yil
Akademik halollikning olti ustuni
Suniy ongdan tadqiqotda foydalanish etikasi va istiqbollari
Rahbar xodimlar uchun strategik savollar
Chirchiq Davlat pedagogika universitetida taqdimot
Navoiyning “Lisonut tayr” asaridagi Hudhud obrazi orqali talabalarda yetakchilik ko’nikmasini hosil qilish yo’llari
24-oktabr, 2025-yil
Kelajak yetakchilari
10 oylik intensiv dastur
21-oktabr, 2025-yil
Ijtimoiy fanlar va tarbiya: Farzand qalbiga yo'l topishda ota-onaning roli
3-oktabr, 2025-yil
"Yangi davr" xususiy maktabida o'tkazilgan ushbu vebinarda farzandlarimiz tarbiyasini to‘rt jihatdan, aqliy, jismoniy, ruhiy va ma’naviy tomondan qanday qo‘llab-quvvatlashimiz mumkinligi haqida suhbatlashamiz
- IJtimoiy fanlar qanday o'qitilishi lozim?
- Zamonaviy yondoshuvlar
- O'zlikni anglash mashqlari
- Farzand qalbiga yo'l topish nimadan boshlanadi?
- Maktab bilan hamkorlik
Ilmda halollik xalqaro e'tirofning poydevori
23-avgust, 2025-yil
Dr. Umida Hikmatilla Nyu York shtatidagi Syracuse universitetida o'tkazilgan Vatandoshlar mintaqaviy forumining "Ta'lim va innovatsion iqtisod" sho'basida akademik halollik tushunchasi va uning ta'limdagi roli, xalqaro e'tirofdagi ahamiyati haqida taqdimot qildi.
O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida taqdimot
24-aprel, 2024-yil
MADANIYATLARARO MALAKANI BAHOLASHNING INNOVATIV YO‘LLARI
Dr. Umida Hikmatilla
Xorijiy tillarni o‘rganishdan asosiy maqsad o‘rganilayotgan tilda nafaqat so‘zlay yoki o‘qiy olish, balki muvaffaqiyatli muloqot qila olish va dunyoqarashni boyitishdir. Xorijiy tilda so‘zlashuvchilar kimga qachon, qayerda, qanday va nega nima deyishni bilishlari, o‘zlarining va boshqalarning qadriyatlari, xulq-atvori va nuqtai nazarini hurmat bilan muhokama qila olishlari lozim.
BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari va ta’lim masalalari
16-fevral, 2022-yil
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jalik institutlari, Milliy tadqiqot universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universitetlari va Toshkent shahar Xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, tadqiqot.uz xalqaro ilmiy jurnallar portali tashkil etgan ilmiy-amaliy konferensiyada ma'ruza.
Xotin-qizlar va madaniy muloqot istiqbollari
10-fevral, 2022-yil
O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisi senati 2022-yil 4-fevralda tarqatgan statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlardan aholining keng qatlami foydalanadi. “Telegram”da 18 mln, “Odnoklassniki”da 16,7 mln, “Facebook”da 4,7 mln, “Instagram” da 3,7 mln, “V-kontakte”da 2,6 mln, “Twitter”da 51,6 ming va “Linkedln”da 288 ming foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar, jumladan, yosh qizlar va ayollar ham tashkil qilmoqda. Taqdimotda ana shu omilning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida so'z bordi.
Onlayn mahorat maktabi
Yanvar-may oylari, 2018-yil
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida AQShning Indiana universitetida Umida Hikmatillaevadan tomonidan ishlab chiqilgan, qariyb besh oy davom etgan “Taʼlimda texnologiyadan foydalanishning innovatsion uslublari” mavzusidagi onlayn-mahorat maktabi darslarining yakuniy festivali boʻlib oʻtdi.