Asosiy mazmunga o‘tish

Kursning maqsadi

Kursning bosh maqsadi talabalarni faqat qoidalarni yodlashga emas, balki tilni natija olish, hayotda amaliy foydalanish sifatida qo'llashga o‘rgatishdir.

  • Talabalardagi gapirishdan qo‘rqish kompleksini yo‘qotish va to‘siqlarni yengish.

  • Murakkab grammatikani oson usulda o'rgatish va muvaffaqiyat hissini tuyish orqali muloqotga bo‘lgan o‘ziga ishonchni mustahkamlash.

  • Talaba o‘zini shunchaki o‘quvchi emas, balki tanqidiy fikrlovchi shaxs sifatida his qilishini ta’minlash.

  • Ingliz tilini o‘rganish orqali o‘zbek madaniyati va qadriyatlarini (masalan, tejamkorlik, isrof) dunyoga tushuntira olish va boshqa xaqlar madaniyati bilan tanishish.

  • Quvnoq o‘yinlar va qizg‘in bellashuvlar orqali talabalarda til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish.

Tezlashtirilgan o‘rganish 

Biz 30 yillik tajriba va tezlashtirilgan o'rganish usullaridan foydalanamiz:

  • Darsning 70% qismi amaliyotdan iborat.

  • Miyaning ko‘p qirrali faolligini ta'minlash maqsadida bir vaqtning o‘zida ko‘rish (rasmlar), eshitish (audio), harakat qilish (TPR) va his qilish (ijtimoiy loyihalar) orqali o‘rganishni ta'minlaymiz.

  • O‘rganilgan so‘zlarni ma’lum vaqt oralig‘ida o‘yinlar orqali takrorlashga erishamiz.

Kursning tuzilishi

Kursning har bir moduli tayyorgarlik, o'rganish va amaliyot tizimi asosida tuzilgan:

Tayyorgarlik (The Spark)

Dars boshlanishidan oldin talabaning qiziqishini uyg‘otish.

  • Vazifa: Qisqa video, rasm yoki savol-javob (Padlet’da).

  • Maqsad: Avvalgi bilimlarni mustahkanmlash va yangi mavzuga zamin yaratish.

O‘rganish (The Deep Dive)

Yangi ma’lumotni qabul qilish jarayoni 75-80 % ingliz tilida amalga oshiriladi.

  • Vazifa: Interaktiv o‘qish, matnni tahlil qilish, formula bilan ishlash.

  • Metod: Matn ichidan kalit so‘zlarni topish, raqamli annotatsiya qilish.

Amaliyot (The Impact)

O‘rganilgan bilimni hayotga tatbiq etish.

  • Vazifa: Influencer videosi tayyorlash, loyiha yaratish yoki oila a’zolariga dars o‘tish.

  • Maqsad: Bilimni shaxsiy tajribaga aylantirish.

Haftalik ish rejasi 

Kurs 100% onlayn formatda bo‘lsa-da, haftalik tuzilishi juda jonli:

KunYo‘nalishAsosiy faoliyatlar
1-kunLug‘at boyligini oshirishKasblar, joy nomlari va sifatlar bilan tanishish.
2-kunGrammatika bilan tanishuvHe is / She is formulasini o‘rganish.
3-kunRavon so'zlashuv
"Bir nafas" mashqi va Padletda video-javob.
4-kunO'qish va tarjima
Boshqa xalqlar madaniyati bilan tanishtiruvchi sodda matnlarni tarjima qilish.
5-kunIjodiy yozish
O'zbek madaniyatiga xos sodda matnlar tuzish. Do‘stlar va qahramonlar haqida 20 ta gapdan iborat hikoya.
6-kunO'yinlar va bellashuvlar
O'yinlardan foydalanish orqali bellashuv va xursandchilik.
Global maqsadlar

Kursimizning o‘ziga xosligi shundaki, har bir mavzu global maqsadlar (SDG) bilan bog‘langan. Masalan, "Oshxona" mavzusini o‘rganayotganda biz shunchaki ovqat nomlarini emas, balki

  • Isrof qilmaslik

  • Tejamkorlik sirlarini

  • Oziq-ovqat yetishtiruvchi fermerlarga hurmatni o‘rganamiz.


Baholash
0 0

Hozircha izohlar yo‘q.