Language learning strategies
Haftalik reja: "Men kimman?"
Ushbu haftada biz eng asosiy formulani o‘rganamiz: [Ism/Olmosh] + is + [Kasb/Sifat].
1-kun: Yangi so‘zlar (Lug‘at boyligini oshirish)
Identitetlar/Kasblar: a student (talaba), a tourist (sayyoh), a manager (menejer), a teacher (o‘qituvchi), a musician (musiqachi), a writer (yozuvchi).
Holat va Sifatlar: smart (aqlli), busy (band), hungry (och qolgan), beautiful (go‘zal), lucky (omadli), happy (baxtli).
Joylashuvlar: here (shu yerda), from Uzbekistan (O‘zbekistondan), in the hotel (mehmonxonada), at work (ishda), at home (uyda).
2-kun: Grammatika formulasi
Ingliz tilida "to be" (is) fe’li doimo kerak. U "gapning yuragi" hisoblanadi.
Formula: He is... (U falonchi...), She is... (U fistonchi...).
Kasblar bilan tanishamiz:
Anvar - ingliz tili o‘rganuvchisi. He is a boy. (U o‘g‘il bola).
Sardor - o‘qituvchi. He is a teacher. Malik - shifokor. He is a doctor.
Nigora - o‘rganuvchi. She is a writer and an artist. (U yozuvchi va rassom).
Nozima - qiz bola. She is a student. (U talaba).
Sifatlar (Sifat bilan boyitish):
Anvar is smart, busy, and lucky. (Anvar aqlli, band va omadli).
Nigora is beautiful and happy. (Nigora go‘zal va baxtli).
Joylashuv (Qayerda?):
He is from Uzbekistan. (U O‘zbekistondan).
She is at home. (U uyda). He is at work. (U ishda).
3-kun: So'zlashuv amaliyoti
Xotira mashqi: Inglizcha ustunni yopib qo‘ying. Faqat ism va kasbga qarab gapni xotiradan ayting.
"Bir nafas" mashqi: Bir ism haqidagi barcha ma’lumotlarni bir nafasda aytishga harakat qiling: "Anvar is a learner he is a boy he is smart he is lucky he is from Uzbekistan." Bu yuz muskullarini ingliz tili talaffuziga o‘rgatadi.
Padlet vazifasi: Do‘stlaringizni audio yoki video orqali tanishtiring. Kamida 25 ta gap tuzing. Bir o‘g‘il bola va bir qiz bola haqida gapiring.
4-kun: O‘qish va tarjima amaliyoti
Berilgan kitobdan kamida 25 ta gapni o‘zbek tiliga tarjima qiling.
"is" fe’li o‘zbek tiliga qanday tarjima qilinayotganiga (yoki tushib qolayotganiga) e’tibor bering.
5-kun: Yozish amaliyoti
Sinfdoshlaringiz yoki do‘stlaringiz haqida kichik matn yozing.
He is va She is formulasidan foydalaning. Kamida 20 ta gapdan iborat haqiqiy hikoya tuzing. Masalan: "My friend is Aziz. He is a musician. He is very smart..."
6-kun: O‘yinlar orqali o‘rganish
Baamboozle yoki Kahoot: "U kim?" (Who is he/she?) o‘yinini o‘ynang.
Jeopardy: Identitet va sifatlar bo‘yicha bellashing.
Sinfda faol bo‘ling: O‘zingizni tanishtiring va savollarga "is" formulasi yordamida javob bering.
O‘qituvchi uchun eslatma
A1 darajadagi (boshlang‘ich) talabalar uchun ingliz tili darslarini o‘tishda asosiy e’tibor muvaffaqiyat hissini uyg‘otishga qaratilishi kerak. Faqat bitta sifatdan foydalanishni o'rgating (He is smart).
A2 darajadagi talabalar uchun: Talabaga sifatlar ro‘yxatini bering (smart, happy, busy). Talabalar bilan boshqa ism qo‘shib gapni to‘ldirishni va to'g'ri olmosh qo'llashni mashq qiling: Anvar is a student. He is smart. Nigora is a teacher. She is happy.
B1 darajadagi talabalar uchun: Gaplarni bog‘lovchilar bilan kengaytiring (He is smart because he studies every day).
There are no comments for now.