Skip to Content
Course Content

Keyingi kurslarimiz haqida ma'lumot

1. AQSHdagi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun mahorat maktabi

Bu kurs an’anaviy dars o‘tish uslubidan farqli ravishda o‘quvchini dars markaziga qo‘yishga qaratiladi. Bu kurs orqali o'qituvchilar zamonaviy metodika va faol ta’lim asoslari bilan tanishadilar. O‘qituvchilar darsni qiziqarli va samarali tashkil etishni o‘rganadilar. Modullarda quyidagi mavzularga e'tibor beriladi:

  • Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish.
  • Darsda interaktiv o‘yinlardan foydalanish.
  • Turli darajadagi o‘quvchilar bilan bir vaqtda ishlash.
  • Ta'limda texnologiyadan samarali foydalanish.
2. Ildizlar va ilhom: Oilaviy kitob yaratish

Ushbu kursimizda oilaviy merosni ijodiy kuchga aylantirishni, farzandlaringiz bilan birga kitobchalar yaratishni o'rganasiz. Tadqiqotga asoslangan hikoyachilik uslublaridan foydalanib, biz ikki tilli o'quvchilarga o'zliklari va ildizlarini bog'lashga yordam beramiz. Bizning studiyamiz tarixingizni adabiy durdona asarga aylantirish uchun maxsus uslublarni taqdim etadi.

3. Oila va ta'lim: Farzandlarni nufuzli universitetlarga tayyorlash

Ushbu kurs yuqori sinf o'quvchilari va ota-onalarga qaratilgan. AQSh maktab tizimidagi iqtidorli bolalar uchun dasturlar, nufuzli davlat universitetlarda maktab davridan boshlab tajriba orttirish sirlarini o'rgatadi.

  • Farzandlaringizning nufuzli universitetlarda bepul yoki kam xarajat bilan o'qishini ta'minlash.
  • Iqtidorli bolalar uchun dasturlar bilan tanishtirish.

Ushbu kurslarda qatnashishni istasangiz yoki hamjamiyatingizdagilar uchun bu dasturda qatnashish imkonini bermoqchi bo'lsangiz, biz bilan bog'laning.

Biz bilan bog'laning

Rating
0 0

There are no comments for now.

to be the first to leave a comment.