-
Kursga kirish
-
1-modul: AQSHga xush keldingiz!
-
2-modul: Huquqiy savodxonlik asoslari
-
3-modul: Ijtimoiy-madaniy savodxonlik
-
4-modul: Kasbiy savodxonlik asoslari
-
5-modul: Moliyaviy savodxonlik asoslari
-
6-modul: Raqamli savodxonlik asoslari
-
7-modul: Tibbiy savodxonlik asoslari
-
8-modul: AQShda ta’lim tizimi
-
9-modul: Yangi joyga moslashish
-
10-modul: Fuqarolik mas’uliyati va jamiyatda ishtirok
Kirish
“AQShda yangi hayot” kursiga xush kelibsiz!

Ushbu kurs AQShda yangi hayotini boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan yoki bir necha yildan beri yashab kelayotgan doimiy rezidentlar uchun ishlab chiqilgan. Biroq undan quyidagi guruhlar ham samarali foydalanishi mumkin:
Yaqinda immigratsion maqomini o‘zgartirgan yoki o‘zgartirish jarayonida bo‘lgan shaxslar (masalan, ishchi yoki talaba vizasidan doimiy rezidentlikka o‘tayotganlar).
AQShga ko‘chib kelishni rejalashtirayotgan oilalar, ayniqsa bolali ota-onalar.
Fuqarolik (naturalizatsiya) jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotganlar.
Immigrantlar bilan ishlaydigan jamoat yetakchilari, madaniy yoki diniy markaz vakillari.
Yangi kelganlarga maslahat beradigan ta’lim mutaxassislari va ijtimoiy xizmat xodimlari.
O‘z yaqinlariga (ota-ona, turmush o‘rtoq yoki farzandiga) moslashuv jarayonida yordam bermoqchi bo‘lgan AQSh fuqarolari.
Kursdan vaqtinchalik o‘qish, ish yoki almashinuv dasturi bilan kelganlar ham foydalanishi mumkin. Jumladan:
Talaba vizasi (masalan, F-1 yoki J-1) bilan kelganlar.
Tadqiqotchilar, stajyorlar va almashinuv dasturi ishtirokchilari.
Vaqtinchalik ish vizasi bilan ishlayotgan mutaxassislar.
AQShda qisqa yoki o‘rta muddatli yashashni rejalashtirayotgan oilalar.
Garchi ularning maqomi doimiy rezidentlikdan farq qilsa-da, kundalik hayot, bank tizimi, sog‘liqni saqlash, huquqiy tartiblar va madaniy moslashuv kabi masalalar ular uchun ham dolzarbdir. Kurs umumiy tizimni tushunishga yordam beradi va har kim o‘z maqomi hamda shtat qoidalariga mos shaxsiy yo‘l xaritasini ishlab chiqishi mumkin.
Kursning maqsadi
Kursning maqsadi sizga yangi muhitda ishonchli, barqaror va muvaffaqiyatli hayot qurishda amaliy yo‘l-yo‘riq ko'rsatishdir. U sizlarga kerakli asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. Kurs davomida siz quyidagi mavzular haqida o'rganasiz:
AQSh hayotining muhim jihatlari
Doimiy rezident sifatidagi huquq va majburiyatlaringiz
Erkinlik, tenglik va qonun ustuvorligi kabi asosiy qadriyatlar jamiyat hayotida qanday namoyon bo‘lishi
Mahalliy muhitga moslashish va ijtimoiy integratsiya jarayonini ongli ravishda boshqarish.
AQSh qadriyatlari va sizning rolingiz
Immigrantlar AQSh jamiyatining ajralmas qismidir. Ularning iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy hayotga qo‘shgan hissasi mamlakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Sizning tajribangiz, mehnatingiz va qadriyatlaringiz ham shu jamiyatni boyitadi. AQShda doimiy rezidentlariga ko‘plab yangi imkoniyatlar ochiladi, jumladan, talim, ish va ijtimoiy xizmatlarda ishtirok etish shular jumlasidandir.
Amerikada yashash siz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Ta’lim olish, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish, bularning barchasi siz uchun mavjud imkoniyatlardir. Shu bilan birga, har bir maqom sizga ma’lum mas’uliyatlarni ham yuklaydi. Huquq va majburiyatlarni bilish va ularga amal qilish muvaffaqiyatli moslashuvning asosidir.
Kurs umumiy tizim, huquq va imkoniyatlar haqida asosiy yo‘nalish beradi, shu bois u nafaqat yangi kelganlar, balki jamiyatda faol va ongli ishtirok etishni istagan har bir kishi uchun foydali bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatda sizning hissangiz va mehnatingiz qadrlanadi. Bu esa yangi hayot boshlanishi, yangi maqsadlar sari ishonchli qadamlar qo‘yish uchun poydevor yaratadi. AQSh asosiy qadriyatlari sifatida erkinlik va tenglikni qadrlaydi. Bu qadriyatlar jamiyatning asosini tashkil qiladi, har bir fuqaroga teng imkoniyatlar yaratadi. Ularni hurmat qilish va himoya qilish har bir kishining vazifasidir.
There are no comments for now.