Skip to Content
Course content

Yangi hayot va yangi imkoniyatlar

Yangi hayot va yangi imkoniyatlar

Tabriklaymiz! Siz endi Amerika Qo‘shma Shtatlarinida yangi hayotingizni boshlayapsiz. Bu kurs sizga AQSHda yashash, ishlash va jamiyatga moslashishning dastlabki bosqichlarini tushunishga yordam beradi. AQSH erkinlik, imkoniyat va xilma-xillik mamlakati. Bu yerda turli millat, din va madaniyat vakillari birgalikda yashab, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shadilar. Siz ham endi shu jamiyatning bir qismisiz.

Golden Gate Bridge during sunset

AQSH 50 ta shtatdan iborat bo‘lib, har bir shtatning o‘z qonunlari, madaniyati va an’analari mavjud. Siz yashaydigan shtat haqida ma’lumot olish muhim, chunki ko‘plab xizmatlar va qoidalar shtat darajasida belgilanadi.
Sizning yangi maqomingiz

AQSh tarixan immigrantlar mamlakati hisoblanadi. Siz ham endi shu jamiyatning bir qismisiz. Sizning mehnatingiz va hissangiz qadrlanadi. Doimiy rezident sifatida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

  • AQShning istalgan shtatida doimiy yashash va ishlash huquqi
  • Qonuniy ravishda ishlash huquqi (ma'lum hujjatlarga ega bo'lgach)
  • Mulk sotib olish yoki ijaraga olish imkoniyati
  • Farzandlaringizni davlat maktablarida o‘qitish yoki o‘qish
  • Haydovchilik guvohnomasiga ariza topshirish
  • Ijtimoiy himoya dasturlaridan foydalanish (sharoitga qarab ijtimoiy sug‘urta, tibbiy yordam olish farqli bo'ladi) 
  • Qonuniy himoya va sud orqali adolat izlash huquqi
  • Kelajakda fuqarolikka ariza berish (ma'lum muddat yashagandan keyin).

Shuningdek, sizda quyidagi majburiyatlar ham mavjud:

  • Federal, shtat va mahalliy qonunlarga rioya qilish
  • Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash (tax obligation)
  • Manzilingiz o‘zgarganda 10 kun ichida USCIS (Immigratsiya xizmati)ga xabar berish
  • 18 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun – Selective Service tizimida ro‘yxatdan o‘tish
  • Jamiyatga hurmat bilan munosabatda bo‘lish
AQSHdagi kundalik hayotga moslashish

Yangi mamlakatda hayot boshlash oson emas, lekin quyidagi amaliy maslahatlar sizga yordam beradi:

  • Ingliz tilini o‘rganing. Til – muvaffaqiyat kaliti. Mahalliy kutubxonalar yoki jamoat markazlarida bepul ingliz tili kurslari mavjud.
  • Jamiyat bilan aloqada bo‘ling. Mahalliy jamoat tadbirlarida ishtirok eting, qo‘shnilar bilan tanishing.
  • Huquqlaringizni biling. Sizni himoya qiluvchi qonunlar mavjud, jumladan, ish joyida, uy-joyda yoki ta’limda kamsitish ta'qiqlanadi.
  • Moliyaviy mas’uliyatni o‘rganing. Bankda hisob raqami oching, soliq to‘lash tartibini o‘rganing.
Muhim tashkilotlar va manbalar
  • USCIS (Immigratsiya xizmati): www.uscis.gov 

    • Immigratsiya hujjatlari, yashash maqomi va fuqarolik haqida ma’lumot.
  • Social Security Administration: www.ssa.gov 

    • Ijtimoiy sug‘urta raqamini olish uchun.
  • Internal Revenue Service (IRS): www.irs.gov 

    • Soliq to‘lovlari haqida ma’lumot.
  • USA.gov: www.usa.gov 

    • Federal xizmatlar va davlat idoralari haqida umumiy ma’lumot.

Siz endi AQSHda yangi hayotingizni boshlayapsiz. Bu mamlakat sizga o‘rganish, ishlash va orzularingizni amalga oshirish uchun ko‘plab imkoniyatlar beradi. Har bir yangi boshlanishda sabr, o‘rganish va qat’iyat o'ta muhim.

Tavsiyalar
  1. Yashayotgan shtatingiz haqida ma’lumot toping (poytaxti, asosiy shaharlar, mashhur joylar).
  2. Mahalliy kutubxonangizni toping va u yerdagi xizmatlar bilan tanishing.
  3. Doimiy rezident maqomini saqlab qolish uchun talablardan xabardor bo'ling.

Keyingi modulda siz eng muhim federal idoralar, ularning vazifalari va xizmatlaridan qanday to‘g‘ri foydalanish mavzusida batafsil ma’lumot olasiz.

Rating
0 0

There are no comments for now.