-
Kursga kirish
-
1-modul: AQSHga xush keldingiz!
-
2-modul: Federal idoralar va muhim xizmatlar
-
3-modul: Mahalliy manbalar va jamoa bilan tanishuv
-
4-modul: Ishga joylashish va mehnat madaniyati
-
5-modul: Moliyaviy savodxonlik va kundalik hayot
-
6-modul: Firibgarlik holatlari va xavfsizlik choralari
-
7-modul: Tibbiy tizim, favqulodda va tez yordam olish
-
8-modul: AQShda ta’lim tizimi va kasbiy rivojlanish
-
9-modul: Yangi joyga moslashish
-
10-modul: Fuqarolik mas’uliyati va jamiyatda ishtirok
Ta'lim olish uchun yordam dasturlari
Immigrantlar uchun ta’lim imkoniyatlari
Yangi kelganlar va uzoq vaqtdan beri yashab kelayotgan immigrantlar uchun ta’limni davom ettirish imkoniyatlari keng. Bizning kursimiz orqali siz ishonchli manbalarni topa olasiz.
Til va tayyorgarlik dasturlari
Bepul ingliz tili kurslari ingliz tilini bosqichma-bosqich o‘rganish imkonini beradi. Masalan Hello USA dasturida rus tilidan foydalanib ingliz tilini mashq qilishingiz mumkin.
Adult Education Centers kattalar uchun bepul yoki arzon kurslar tashkil etadi (til, komputer savodxonligi, kasbiy tayyorgarlik).

The Excel markazini bir nechta shtatlarda topishingiz mumkin.


Ta'lim xarajatlari uchun moliyaviy yordam
Oliy ta’lim xarajatlarini qoplash uchun turli imkoniyatlar mavjud:
Federal Student Aid (FAFSA tizimi) fuqarolar va doimiy rezidentlar uchun grant va kredit dasturlarini boshqaradi.
Nodavlat grant va stipendiyalar, jumladan:
TheDream.US
Institute of International Education (Scholarships dasturlari)
Tavsiyalar
Ingliz tili nafaqat muloqot, balki AQShdagi barcha imkoniyatlar eshigini ochuvchi kalitdir. Kattalar uchun bepul resurslarni topish iqtisodiy barqarorlikka yordam beradi.
Yaqiningizdagi Public Library (Kutubxona) veb-saytiga kiring va "ESL Classes" yoki "Adult Education" bo‘limini toping.
Siz yashayotgan hududdagi Community College saytidan "Non-credit ESL programs" haqida ma’lumot qidiring.
Bepul kurslar va pullik kurslar narxini hamda dars vaqtlarini solishtirib, o‘zingiz uchun qulay jadval tuzing.
Takliflar
Ushbu sahifaning ostidagi Comments qismida ushbu savollarga javob bering:
Sizga modulning qaysi qismi eng foydali bo‘ldi?
Qaysi qismga o'zgartirish kiritish kerak deb o‘ylaysiz?
Ushbu modul bo‘yicha boshqa fikrlar, takliflar yoki savollaringiz bormi?
There are no comments for now.